Foydalanish shartlariga 1-ilova
Versiya 0.1
Kuchga kirish sanasi: 2026-__-__
This document is currently available in Uzbek only.
Ushbu Shartlar Werto foydalanuvchisi («Sayt egasi», «siz») qurgan saytga tashrif buyurgan uchinchi shaxslar («Tashrif buyuruvchilar») ma'lumotlariga [Neromoon [shakli]] («Neromoon», «biz») tomonidan qanday ishlov berilishini belgilaydi. Ular Foydalanish shartlarining ajralmas qismi bo'lib, siz saytingizda ma'lumot qabul qiluvchi forma (buyurtma, aloqa, obuna va h.k.) ishga tushirilgan paytdan boshlab amal qiladi.
1.1. Tashrif buyuruvchilar formalar orqali yuborgan ma'lumotlarga nisbatan siz — shaxsga doir ma'lumotlar bazasining mulkdorisiz: ma'lumot yig'ish maqsadi va hajmini siz belgilaysiz, saytingiz orqali Tashrif buyuruvchilarni xabardor qilish va zarur bo'lsa rozilik olish sizning zimmangizda.
1.2. Neromoon — sizning topshirig'ingiz bilan ishlov beruvchi (operator): biz ma'lumotlarni qabul qilamiz, saqlaymiz, sizga Platformada ko'rsatamiz va, agar ulagan bo'lsangiz, Telegram'ingizga yetkazamiz. Biz ushbu ma'lumotlarni o'z maqsadlarimizda ishlatmaymiz.
| Element | Mazmuni |
|---|---|
| Ma'lumotlar toifalari | Siz formaga qo'ygan maydonlar — odatda ism, telefon, elektron pochta, manzil, xabar matni, buyurtma tarkibi; texnik: yuborish vaqti, IP-manzil (spamdan himoya uchun) |
| Subyektlar | Saytingizga tashrif buyurgan jismoniy shaxslar |
| Ishlov berish amallari | Qabul qilish, saqlash, sizga ko'rsatish, Telegram orqali yetkazish, siz so'raganda o'chirish, zaxira nusxalash |
| Maqsad | Faqat Tashrif buyuruvchi murojaatini sizga yetkazish; boshqa maqsad yo'q |
| Muddat | Loyiha mavjud bo'lgan davrda yoki siz o'chirguningizcha; loyiha o'chirilganda — birga |
| Saqlash joyi | Neromoon serverlari, Germaniya (Contabo GmbH) |
| Kim | Joylashuvi | Vazifasi |
|---|---|---|
| Contabo GmbH | Germaniya | Server va ma'lumotlar bazasi |
| Telegram FZ-LLC | BAA | Faqat siz ulagan bo'lsangiz — xabarni sizning Telegram'ingizga yetkazish |
Platforma buyurtmalarni qabul qilish va yetkazish vositasi bo'lib, CRM yoki buxgalteriya tizimi o'rnini bosmaydi. Spamdan himoya uchun bir loyihaga kunlik yuborishlar soni va har bir yuborish hajmi cheklangan; chegaralar Platformada ko'rsatiladi. Ushbu Shartlar bo'yicha javobgarlik Foydalanish shartlarining 12-bo'limi bilan cheklanadi.
Maxfiylik bildirishnomasi — [Sayt nomi]
Ushbu saytdagi formalar orqali yuborgan ma'lumotlaringiz (ism, telefon, xabar va siz kiritgan boshqa ma'lumotlar) faqat murojaatingizga javob berish va buyurtmangizni bajarish uchun ishlatiladi. Ma'lumotlarni qabul qiluvchi va ularning egasi: [Tashkilot yoki tadbirkor nomi, manzil, telefon/elektron pochta].
Sayt Werto platformasi (Neromoon, Toshkent) yordamida qurilgan; yuborilgan ma'lumotlar Werto serverlarida saqlanadi va sayt egasiga, shu jumladan Telegram orqali, yetkaziladi. Werto ma'lumotlarni boshqa maqsadda ishlatmaydi va uchinchi shaxslarga bermaydi. Batafsil: werto.cloud/privacy.
Saytdagi rasmlar Unsplash yoki Flickr xizmatlaridan yuklanishi mumkin; bunda brauzeringiz ushbu xizmatlarga IP-manzilingizni yuboradi.
Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki o'chirish uchun yuqoridagi manzilga murojaat qiling. Sayt egasi javob bermasa, werto.cloud platformasiga [privacy@werto.cloud] orqali yozishingiz mumkin. Ma'lumotlar murojaat hal qilinguncha yoki [muddat] saqlanadi.